"OʻzFeʼlTanlanma" — bu oʻzbek tilidagi 2000–2025-yillar orasida yaratilgan badiiy, ilmiy, publitsistik va rasmiy uslubdagi matnlar asosida tuzilgan 1 million soʻzli elektron matnlar tanlanmasidir. Ushbu tanlanma oʻzbek tilida feʼl morfologik shakllarining nutqdagi qoʻllanish darajasini tizimli tahlil qilish maqsadida shakllantirilgan boʻlib, u zamonaviy lingvistik tadqiqotlar, uslubiy va grammatik izlanishlar uchun boy empirik manba hisoblanadi.
Tanlamada turli uslub va janrlardagi matnlar toʻplangan boʻlib, ular orqali feʼlning zamon, mayl, nisbat, shaxs-son shakllari kabi grammatik koʻrsatkichlarning real nutqdagi ishlatilish chastotasi aniqlanadi.
Yaratilgan yil: 2025
OʻzFeʼlTanlanma oʻzbek tilidagi feʼllarning turli shakllarining qoʻllanishini oʻrganish, ularning chastotasini aniqlash va grammatik tahlil qilish uchun yaratilgan. Tanlanma lingvistlar, tilshunoslar, talabalar va oʻzbek tilini oʻrganayotganlar uchun foydali manba hisoblanadi.
Sheʼrlar, romanlar, hikoyalar
Ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar
Gazeta va jurnal maqolalari
Hujjatlar, qonunlar, shartnomalar
Toʻliq soʻzni kiriting va tanlanmada qidiring
Soʻz oxiri qatnashgan qoʻshimchani kiriting
Faqat maʼlum uslubda qidirish imkoniyati